Ikki davlat mazkur sport tadbirlari davomida xavfsizlik kuchlarini birlashtirishga kelishib oldilar.
"Nemis polisiyasi Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida, Fransiya polisiyasi esa Germaniyadagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida xavfsizlikni ta’minlashda ko‘maklashadi", — deya hamkorlikka izoh berdi Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer.
Fezer, shuningdek, Yevro-2024 vaqtida Germaniya chegaralarida chegara nazorati joriy etilishini, mamlakatda dron parvozlarini taqiqlanishini qo‘shimcha qildi.
Nemis ekspertlari terrorchilar chempionat vaqtida dronlar yordamida hujum uyushtirishi mumkin deb hisoblashmoqda.