Fransiya hukumati 2023 va 2024 yillarda Ukrainaga yuzlab eski bronetransportyorlar, shuningdek, zenit-raketalarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Sebastyan Lekornyu La Tribune nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu uskunaning yoshiga qaramay, u hali ham ishlamoqda va "Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri foyda keltirishi" mumkin.