Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna RFI radiostansiyasining Ukraina bo‘limiga bergan intervyusida Parij Kiyevga yangi harbiy yordam paketini tayyorlayotganini aytdi.
Bu haqda TASS yozmoqda.
“Ukraina tomonidan bildirilgan favqulodda ehtiyojlarni doimo hisobga olgan holda harbiy yordamning yangi yetkazib berilishi tayyorlanmoqda”, dedi u.
Gap qaysi qurol haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Parij uzoq muddatda Kiyev salohiyatini kuchaytirish niyatida, shuning uchun Fransiya rahbari Emmanuel Makron Ukraina uchun harbiy uchuvchilarni tayyorlashni taklif qilgan.