Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Yevrokomissiyani Ilon Maskga qarshi choralar ko‘rishga chaqirdi

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Yevrokomissiyani Ilon Maskga qarshi choralar ko‘rishga chaqirdi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

"Evrokomissiya bizning noyob hududimizni himoya qilish uchun mavjud qonunlarni qat’iylik bilan qo‘llaydi yoki bu ishni bajarish imkoniyatini Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga, xususan Fransiyaga qaytarishni o‘ylab ko‘rishi kerak", — deya ta’kidladi Jan-Noel Barro Maskni nazarda tutib.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik milliarder so‘nggi paytlarda ayrim Yevropa davlatlari yetakchilarini tanqid qilmoqda, ammo Fransiya haqida hali gapirmadi. Shunga qaramay, Emmanuyel Makron Ilon Maskni Yevropadagi saylovlarga aralashishda aybladi.

Kiritildi: 18:32 08.01.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!