"Bizning maqsadimiz – nazorat qilish imkoni bo‘lgan va Eron yadroviy dasturini uzoq muddatga cheklaydigan kelishuvga erishishdir", — deya ta’kidladi Jan-Noel Barro
Fransiya TIV rahbari, shuningdek, Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp agar Vashington va Tehron yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, AQSh Eronni bombardimon qilishini ma’lum qilgan edi.