Fransiyaning shimoliy hududlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida daryoda suv sathi ko‘tarilib, yuzaga kelgan suv toshqinlari sababli qariyb 800 kishi xavfsiz joylarga evakuasiya qilindi.
Fransiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bu haqda mahalliy hokimiyat organlari ma’lum qildi.
«Pa-de-Kale departamentidagi Kansh daryosida suv sathi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi va 21 noyabr, shanba kuni ham yuqori darajada saqlanib qoladi. Suv toshqinlari sababli payshanba kunidan buyon qariyb 800 kishi evakuasiya qilindi», — deyiladi departament bayonotida.
Shuningdek, qariyb 800 ta uyni suv bosgan, 170 ta xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.
Qayd etilishicha, shanba kuni suv toshqinlari xavfi bo‘yicha ogohlantirishning so‘nggi bosqichdan oldingi — to‘q sariq darajasi e’lon qilingan.