Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiya prezidenti qarorgohida tintuv o‘tkazildi

Fransiya prezidenti qarorgohida tintuv o‘tkazildi

Fransiya prezidenti qarorgohida tintuv o‘tkazildi. Bu haqda Der Spiegel xabar berdi.

"Fransiyaning moliyaviy tergovchilari prezident Emmanuel Makronning rasmiy qarorgohi – Yelisey saroyini tintuv qildi. Tadbir Panteondagi xotira marosimlarini tashkil etish bilan bog‘liq tergov doirasida o‘tkazildi. Tintuvlar Yelisey saroyi bilan oldindan kelishilgan", deyiladi xabarda.

Der Spiegel'ning eslatishicha, 14 aprel kuni moliyaviy tergovchilar birinchi marta ogohlantirishsiz kelganida, ularning prezident saroyiga kirishiga ruxsat berilmagan.

Fransiyaning Libération gazetasiga ko‘ra, Panteondagi xotira marosimlarini 22 yil davomida (2002 yildan 2024 yilgacha) birgina kompaniya tashkil etib kelgan. Har bir tadbir taxminan ikki million yevroga tushgan. Shu sababli moliyaviy tergovchilar bu bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:21. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!