Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Fransiya NATO'ga Grenlandiyada mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qildi — CNN

Fransiya NATO'ga Grenlandiyada mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qildi — CNN

Elisey saroyi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Parij unda ishtirok etishga tayyor. Mashg‘ulotlar ko‘lamiga aniqlik kiritilmagan

Prezident Donald Tramp so‘nggi haftalarda AQShning Grenlandiyaga da’volari haqida bir necha bor bayonotlar bergan va buni Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi manfaatlari bilan izohlagan. Grenlandiya hukumati esa orol AQShning bir qismi bo‘lishni istamasligini ma’lum qilgan.

CNN'ning qayd etishicha, o‘tgan hafta Fransiya Yevropaning boshqa davlatlari bilan birgalikda Daniya boshchiligidagi qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Grenlandiyaga harbiylarni yuborgan. Shundan so‘ng Tramp Grenlandiyaga o‘z harbiylarini jo‘natgan davlatlarga nisbatan 10 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:45 21.01.2026. O'qildi: 1006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!