Tashrif davomida Jamg‘armaning mehmon va hamkorlari qurilish ishlarining bugungi holati bilan tanishib, Markazning rejalari va istiqbolli loyihalarini muhokama qildilar.
Qayd etilishicha, endilikda binoda jamoat joylaridan tashqari Restavrasiya ilmiy-tadqiqot markazi ham joylashadi.
Restavrasiya markazi qayta ta’mirlash ishlarining markazlashgan tizimini yaratish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish, restavrasiya va konservasiyaning yuqori sifatli usullarini ishlab chiqishni ko‘zlaydi.
Fransiya madaniyat markazining asosiy maqsadlari Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashishdan iboratdir.