Xabar berilishicha, 22 dekabrdan boshlab La Poste'ning rasmiy sayti ishlamay qolgan, jo‘natmalarni yetkazib berishda muammolar yuzaga kelgan, ularni onlayn kuzatish imkoniyati yo‘qolgan.
Shuningdek, pochta operatorining bank bo‘linmasi mijozlari ham mobil ilovalar orqali o‘z hisoblariga kira olmayotganini bildirgan. Rasmiylar fuqarolarni shaxsiy ma’lumotlar xavfsiz holda ekaniga ishontirmoqda. Hozircha hech bir guruh ushbu kiberhujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Qayd etilishicha, pochta tizimiga qilingan hujumdan oldin Fransiya Ichki ishlar vazirligi ham kiberhujumga uchragan. O‘zini hujum uchun mas’ul deb e’lon qilgan xaker 16,4 million nafar Fransiya fuqarosiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lganini iddao qilgan. Biroq vazirlik bu ma’lumotni rad etib, xaker faqat bir necha o‘nlab hujjatlarni qo‘lga kiritganini, ular orasida qidiruvga oid ma’lumotlar va ayrim bayonnomalar bo‘lganini ma’lum qilgan.