Fransiya harbiylari NATO va Rossiya o‘rtasida ehtimoliy to‘qnashuv holatiga tayyorgarlik sifatida Ruminiya, Ukraina va Moldova chegarasida joylashgan hududlarning batafsil xaritalarini tuzmoqda. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.
"Fransuz harbiylari ayniqsa Fokshan darvozasi — Karpat tog‘ etaklari va Dunay o‘rtasidagi koridorga alohida e’tibor qaratgan", deb yozadi gazeta.