Telegram asoschisi Pavel Durovning aytishicha, Fransiya barcha ijtimoiy tarmoqlarni jazolaydigan dunyodagi yagona mamlakat.
"Fransiya polisiyasi hozirda X ijtimoiy tarmog‘ining Parijdagi ofisida tintuv o‘tkazmoqda. Fransiya odamlarga ozgina bo‘lsa-da erkinlik beradigan barcha ijtimoiy tarmoqlarni (Telegram, X, TikTok...) jinoiy jazolaydigan dunyodagi yagona davlat. Adashmang: bu ozod mamlakat emas", — deb yozgan Durov.
Eslatib o‘tamiz, Durov 2024 yil avgust oyida Parij aeroportida hibsga olingan edi. Unga nisbatan tergov Telegram'da kontentni yetarlicha moderasiya qilmagani va Fransiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani sababli olib borilgan.