Fransiya 2024 yilning birinchi choragida BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi agentlikni moliyalashtirishni to‘xtatadi
Bunga sabab sifatida agentlik xodimlari 7 oktyabrda HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorlikda gumonlanayotgani ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq UNRWA komissari general Lassarini HAMASning 7 oktyabrda Isroilga hujumiga aloqadorlikda gumon qilingan agentlik xodimlari ishdan bo‘shatilganini va agar ular aybdor deb topilsa, sudga tortilishini aytgan edi.
Biroq Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Avstraliya, Kanada va Germaniya allaqachon tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatganini e’lon qilgan.
O‘z navbatida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish davlatlarni agentlik ishining to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.