Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Frank Raykard «Barselona»ga qaytishi mumkin

Frank Raykard «Barselona»ga qaytishi mumkin

Mavsum yakunida Ronald Kuman «Barselona»dan iste’foga chiqarilgan taqdirda klub rahbariyati uning o‘rniga chaqirmoqchi bo‘layotgan yana bir nomzod ma’lum bo‘ldi.

Mundo Deportivo’ning yozishicha, klub prezidenti Joan Laporta jamoaning sobiq bosh murabbiyi Frank Raykard nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, niderlandiyalik murabbiy hozirgacha klubning aksariyat futbolchilari bilan aloqada bo‘lib turgan.

Raykard jamoaga taklif etilgan taqdirda Xavi ham klubda uning yordamchisi sifatida murabbiylik faoliyatini boshlab, so‘ng klub bosh murabbiyligini qabul qilib olishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Raykard 2013 yildan buyon hech bir jamoani boshqarmayapti. Frank 2013 yilda Saudiya Arabistoni milliy jamoasini tark etgach, hozirda Amsterdamda istiqomat qilmoqda.

Kiritildi: 18:45 22.05.2021. O'qildi: 2836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!