FQB direktori Kristofer Reyning aytishicha, departament koronavirusning laboratoriya kelib chiqishi versiyasini eng ishonchli deb hisoblaydi.
"FQB bir muncha vaqtdan beri pandemiya manbai Vuxandagi potensial laboratoriya hodisasi ekanligini baholab kelmoqda", dedi Rey Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati pandemiya sabablarini aniqlash ishlariga xalaqit berishga harakat qilmoqda.