Agentlik manbalariga ko‘ra, FQBning ichki terrorchilik operasiyalari bo‘limidan 16 ga yaqin xodim boshqa ishga o‘tkazilgan. Suhbatdoshlardan birining aytishicha, rahbariyatda bo‘limni butunlay tarqatib yuborish masalasi muhokama qilingan, ammo yakuniy qaror hali e’lon qilinmagan.
Bundan tashqari, Reuters tanishib chiqqan xizmat xatidan ma’lum bo‘lishicha, Oq uy FQBning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha tezkor guruhlariga immigrasiya choralarini ko‘rishda yordam berish vazifasini topshirgan.
Reuters suhbatdoshlari bu o‘zgarishlar FQBning oq tanlilar ustunligi tarafdorlari va ekstremistik guruhlardan kelayotgan tahdidlarni kuzatish qobiliyatini pasaytirishidan xavotir bildirishgan.