Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Fotosessiya uchun qurol bermang": Mark Ryutte NATO davlatlariga murojaat qildi

"Fotosessiya uchun qurol bermang": Mark Ryutte NATO davlatlariga murojaat qildi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte barcha G‘arb davlatlarini Ukrainaga faqat NATO tomonidan tavsiya etilgan qurollarni berishga va OAVda ko‘rinish berish uchungina "keraksiz qurollar" yubormaslikka chaqirdi.

Bu haqda Mark Ryutte Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

"NATOning Yevropadagi Ittifoqchi kuchlari oliy qo‘mondoni ukrainaliklar bilan birgalikda ularga kerak bo‘lgan qurollar ro‘yxatini tuzib chiqqan. OAV fotosuratlarida qanchalik chiroyli ko‘rinmasin, ushbu ro‘yxatga kiritilmagan qurollarni ikki tomonlama asosda yetkazib berishga ehtiyoj yo‘q. NATO avvalo nimaga ehtiyoj borligini aniq biladi", — dedi u.

Kiritildi: 23:39 14.02.2026. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!