Bugun 8-mart, xalqaro xotin-qizlar bayrami. Bu kunda biz eng yaqin insonlarimizni, onalarimiz, opa-singillarimizni, ayollarimizni tabriklaymiz, eng yaxshi tilaklarimizni bildiramiz.
Iqtidorli bokschimiz Shahram G‘iyosov ham bu ezgu an’anadan chetda qolmadi. Bokschimiz o‘zining instagramdagi sahifasida ajoyib she’r bilan onasini tabrikladi hamda birga tushgan suratlarini joyladi. Biz ham nafaqat Shahramning onasini, balki barcha onalarni bayram bilan tabriklab qolamiz.