Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

FOTO! Ayanchli intiho: yigit nega sevgan qizini vahshiylarcha o‘ldirdi? (+16)

FOTO! Ayanchli intiho: yigit nega sevgan qizini vahshiylarcha o‘ldirdi? (+16)

Bu galgi sevgi hikoyasi baxtli to‘y bilan emas, balki fojia bilan yakunlandi. Oleg va Aleksandra bir necha yil avval musiqa maktabining birinchi bosqichida uchrashgan, deb yozadi Ploxiye novosti nashri. Ammo keyinroq sevishganlar tez-tez janjallashadigan bo‘lishdi.

Otello noo‘rin rashk tufayli qahr-g‘azabda bir necha bor qizga qo‘l ko‘tarib, o‘ldirish bilan tahdid qildi. Qiz esa bir necha bor sevgilisini kechirdi. Hatto Oleg muntazam janjal paytida 2017 yil noyabrida qizning burniga jiddiy jarohat ham yetkazdi. Sudda esa Aleksandra Olegni kechirishlarini so‘radi va yigitga bir yillik sinov muddati berildi. Afsuski, bu qiz uchun fojia bilan tugadi.

Qotillik 8 fevraldan 9 fevralga ztar kechasi sodir bo‘ldi. Oleg, Aleksandra va uning do‘sti Karina rosa ichishdi. Karina uxlash uchun boshqa xonaga chiqib ketganida esa Olegning yana rashki qo‘zidi, qolaversa, ichkilik ham kuchini ko‘rsatdi.

Bu safar g‘azablangan yigit Aleksandraga juda shafqatsiz munosabatda bo‘ldi. U bolg‘a bilan qizning boshiga urdi. Qiz hushini yo‘qotdi, lekin bu yigit uchun yetarli bo‘lmadi. U sevgilisiga bir necha bor pichoq ham sanchdi.

Karina uyg‘onganida qonga belangan dugonasini ko‘rdiyu, ajablanmadi. Chunki u Olegning ko‘pincha Aleksandrani do‘pposlashini bilardi, shuning uchun dugonasini kaltak yeb uxlab yotgan ga yo‘ydi va uyiga jo‘nadi.

Otello ertasiga ertalab nima qilganini tushundi va jinoyat izlarini yashirishga qaror qildi. Aleksandraning jasadini hammomga olib bordi, undan qonni yuvdi va keyin kvartirani tartibga soldi. U sevgilisining jasadi bilan ikki kun yashadi. Keyin esa huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, aybini tan oldi. Jinoyatchi 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Kiritildi: 16:35 18.02.2019. O'qildi: 5344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!