Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

«Forsaj» 11-filmdan so‘ng yakunlanishi ma’lum qilindi

A A A
«Forsaj» 11-filmdan so‘ng yakunlanishi ma’lum qilindi

 

 

Universal Pictures kinokompaniyasi «Forsaj» franshizasini ikkita final kartina bilan tamomlaydi. Hozirda «Forsaj 9» ustidagi ishlarini yakunlayotgan Jastin Lin studiya bilan so‘nggi ikkita qismni yaratish ustida muzokaralar olib borilmoqda.

Bu haqda "korrespondent.uz"yozmoqda.

«Forsaj 9» 2020 yilning birinchi yarim yilligida taqdim etilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab uning namoyishi 2021 yil bahoriga ko‘chirildi.

To‘qqizinchi qismdagi voqealar filmning bundan oldingi qismida sodir bo‘lgan hodisalarning davomi sifatida boshlanadi. Dominik Toretto (Vin Dizel) anchadan buyon ish bilan shug‘ullanmay qo‘ygan va yaxshi oilaparvar insonga aylangan. Biroq uning tinch hayotiga kutilmaganda Sayfer ismli (Sharliz Teron) kiberterrorchi aralashadi. Jinoyatchi o‘zining tug‘ishgan ukasi Jeykobdan (Jon Sina) foydalanib, barcha omadsizliklari uchun bosh qahramondan qasos olishga urinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Dueyn Jonson «Forsaj»ning yangi qismida suratga tushishni istamayotgani va bunga Vin Dizel bilan o‘rtalaridagi kelib chiqqan ixtilof sabab bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kiritildi: 05:30 31.10.2020. O'qildi: 4128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!