Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Forma o‘quvchining darsdan chiqarib yuborilishiga sabab bo‘la olmaydi

Forma o‘quvchining darsdan chiqarib yuborilishiga sabab bo‘la olmaydi

Darsga kechikkan yoki formada bo‘lmagan o‘quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkin emas. Bu haqda "Nodavlat oliy ta’lim muassasalari" o‘z rasmiy sahifasida xabar berdi. (https://t.me/nodavlattalim/2389)

Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi o‘quvchini darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni "qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat" prinsiplariga asoslanishi kerak, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborishi yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi ham mumkin emas.

Kiritildi: 08:28 30.09.2024. O'qildi: 1220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!