Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Jizzax viloyati Forish tumani hokimi o‘rinbosari o‘zining mansab mavqeidan foydalanib, joriy yilning iyun oyida qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan MCHJ tomonidan auksion savdolari orqali yutib olingan 204 gektar sug‘oriladigan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming AQSh dollari talab qiladi.

Shundan hozir 20 ming AQSh dollarini berishini, qolgan 10 ming AQSh dollarini esa hosil yig‘imidan so‘ng berishi kerakligini aytadi. Hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘idan 20 ming AQSh dollarini o‘zining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 14:34 17.08.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!