Eronning Fordo yadroviy ob’ektida saqlanayotgan boyitilgan uranning katta qismi SAXAL va AQSh qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalaridan bir necha kun oldin chiqarib ketilgan. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Bir g‘arbiy diplomat agentlik bilan suhbatda uran zaxiralarining hozirgi holatini aniqlash juda qiyin bo‘lishini aytdi. U shuningdek, MAGATE va Eron o‘rtasidagi uzoq davom etayotgan ixtiloflarni eslab o‘tdi. Jumladan, Eron hanuzgacha ayrim noqonuniy ob’ektlarda aniqlangan uran izlari yuzasidan qanoatlanarli tushuntirish berolmagan.