Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Ford Motor” Braziliyadagi barcha zavodlarini yopmoqda

“Ford Motor” Braziliyadagi barcha zavodlarini yopmoqda

“Ford Motor” kompaniyasi faoliyatini 1919 yilda Braziliyada boshladi. Biroq, so‘nggi yillarda mintaqada savdo hajmi masaydi va pandemiya sharoitida vaziyat yanada qiyinlashdi. 2019 yilda kompaniya Janubiy Amerika bo‘ylab 704 mln AQSh dollar zarar ko‘rgan bo‘lsa, 2020 yilning dastlabki uch choragida 386 mln AQSh dollar zarar ko‘rgan.

Bu haqda “Techxplore” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qiyin vaziyat tufayli “Ford Motor” ishlab chiqarish faoliyatini qayta qurish doirasida Braziliyadagi uchta korxonalari yopilishini e’lon qildi.

Uchta korxona yopilishi munosabati bilan 5 mingga yaqin ish o‘rni qisqartiriladi. Ushbu jarayon bilan bog‘liq xarajatlar taxminan 4,1 mlrd AQSh dollarni tashkil etadi.

 

Kiritildi: 20:31 14.01.2021. O'qildi: 2114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!