Forc ko‘rfazi davlatlari mojaro avj olgan taqdirda o‘z neft inshootlari Eronga aloqador kuchlar tomonidan o‘qqa tutilishidan xavotirda. Bu haqda reuters xabar berdi.
"Tehron Isroilning Eronga hujumi uchun Fors ko‘rfazi davlatlari havo hududini ochish “urush harakati” sifatida baholanishi haqida ogohlantirdi", deya xabar bermoqda agentlik manbalariga tayanib.
Hukumat doiralariga yaqin bo‘lgan uchta manbaning aytishicha, o‘zaro otishmalarning oldini olish maqsadida Fors ko‘rfazi davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar Isroilning Eronga hujumi uchun o‘z havo hududi orqali parvozlarga ruxsat bermayapti. Bu haqda Vashingtonga ham ogohlantirilgan.