O‘zbekistonda endi mobil ilovalar limitlaridan unumli foydalangan holda jami 57,5 mln so‘m pulni kommissiyasiz o‘tkazish mumkin. Keling, ularni birgalikda ko‘rib chiqamiz!
Bank xizmatlari orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda foiz to‘loviga duch kelish mumkin. Ayniqsa, oila a’zolariga pul yuborish, tanishu do‘stlarga qarz qaytarish yoki terminali ishlamay turgan sotuvchiga to‘lov qilish kabi vaziyatlarda aniq summani o‘tkazish kerak bo‘lganda, foiz to‘lovlari hisob-kitoblarni qiyinlashtiradi yoki kerakli mablag‘ yetishmay qoladi.
Bunday muammolarga uchramaslik uchun mobil ilovalar orqali foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
Qaysi ilovalar foizsiz pul o‘tkazmalarini taklif qiladi?
Chakanapay — 10 mln so‘mgacha;
Anorbank — 5 mln so‘mgacha;
Hamkor — 5 mln so‘mgacha;
Smartbank — 5 mln so‘mgacha;
Xazna (Milliy bank) — 5 mln so‘mgacha;
SQB Mobile —5 mln so‘mgacha;
Mavrid — 5 mln so‘mgacha;
Sello SuperApp — 5 mln so‘mgacha;
Paynet — 3mln so‘mgacha;
Milliy 2.0 — 3 mln so‘mgacha;
Davr Mobile — 3 mln so‘mgacha;
Alif — 1 mln so‘mgacha;
OQ — 1mln so‘mgacha;
Humans — 1 mln so‘mgacha.
Bu limitlar 1 oy ichida amal qiladi.
Bank.uz nashrining ma’lumotiga ko‘ra, bu mobil ilovalarning barxchasidan foydalanish orqali umumiy hisobda, 57.5 mln so‘mgacha bo‘lgan foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Har bir ilova o‘ziga xosliklarga ega bo‘lib, ularning barchasi oson va qulay foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Bu ilovalar orqali pul o‘tkazmalarini foizsiz amalga oshirib, deyarli 570 ming so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni tejash mumkin.
Qaysi banklar o‘z kartalari orqali komissiyasiz pul o‘tkazmalarini taklif qiladi?
Agar siz bank kartalaringiz orqali mutlaqo komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni istasangiz, quyidagi banklarning kartalaridan foydalanishingiz mumkin:
Smartbank 150 mlngacha o‘tkazmalardan;
Uzum Bank 100 mlngacha o‘tkazmalardan;
TBC Bank esa Salom Card uchun barcha o‘tkazmalardan foiz olmaydi.
Qaysi banklar va ilovalar past komissiyali pul o‘tkazmalarini taklif qiladi?
Agar barcha o‘tkazmalar arzonroq bo‘lishi uchun qaysi bank kartasini ochishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, quyidagi banklarni ko‘rib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, bu ro‘yxatga past komissiyali ilovalarni ham qo‘shdik, chunki kerak bo‘lsa kartalarni ushbu ilovalarga bog‘lash mumkin bo‘ladi.
Infin Bank — 0,25 foiz;
Asakabank — 0,4 foiz;
Universalbank — 0,3 foiz;
Tenge24 — 0,4 foiz;
Multicard — 0,4 foiz;
Trastbank — 0,4 foiz;
Agrobank Mobile — 0,5 foiz.