"Barselona" 2026 yilda himoya markazini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Agar yanvar oyida "arzon" nomzodlarga ustunlik berilsa, yozda Kataloniya grandi yangi nomzod uchun kattaroq mablag‘ sarflashi mumkin.
Barca Centre xabariga ko‘ra, Xans-Diter Flik uchun ustuvor "yozgi" variant - "Borussiya" Dortmunddan Niko Shlotterbek. Sport direktori Dekuga ko‘proq Alessandro Bastonining nomzodi ma’qul kelmoqda, ammo italiyalik futbolchining "Inter"ni tark etishni istamasligi va yuqori narxi tufayli uni o‘z tomoniga og‘dirish juda qiyin bo‘ladi.
Shlotterbek va Bastonining Transfermarkt portalidagi narxi mos ravishda 55 va 80 mln yevroga baholanmoqda. Hozirda har ikki futbolchi 26 yoshda.