Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Flik Anchelottiga iltimos yo‘lladi

Flik Anchelottiga iltimos yo‘lladi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelottiga Rafinya bilan bog‘liq iltimosini yetkazdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis yaqin xalqaro uchrashuvlarda Rafinyaning o‘yin vaqtini to‘g‘ri taqsimlashni va zarurat bo‘lmasa, futbolchini ortiqcha xavf ostiga qo‘ymaslikni so‘ragan.

Flikni "Barselona" yetakchilaridan birini uzoq parvozlar va qo‘shimcha jismoniy yuklama kutayotgani xavotirga solmoqda.

Shu bilan birga, Anchelotti Braziliya terma jamoasi manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘rishi ta’kidlanmoqda. Shu sabab u "Barselona"ga Rafinyaning o‘yin vaqti bo‘yicha aniq kafolat bera olmaydi.

Braziliya termasi bosh murabbiyi har bir futbolchining jismoniy holatini alohida baholab, shunga qarab qaror qabul qiladi.

Kiritildi: 15:51 16.09.2026. O'qildi: 2097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!