Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso ko‘plab G‘arb davlatlari Ukrainadagi mojaroni cho‘zishga intilayotganini aytdi. U matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kiyev bilan muzokaralar o‘tkazish tashabbusiga izoh berar ekan, shunday fikr bildirdi.
Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
"Ko‘plab G‘arb davlatlari uchun bu urushning davom etishi juda muhim," - deya Robert Fisodan iqtibos keltiradi agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi davlatlarning Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishga rozi emasligi aynan shu bilan izohlanadi.
"Ishonamanki, bu qarash o‘zgaradi. Yana bir bor eslatib o‘taman, bu Ukraina va Rossiyaning ishi: agar ular muzokaralar olib borishdan manfaatdor bo‘lsa, ular muzokaralar olib boraversin," - deya qo‘shimcha qildi u.