Evropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar yetakchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot boshlashlari zarur. Slovakiya hukumati rahbari Robert Fiso hamkasblariga shunday chaqiriq bilan chiqdi.
Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish bilan o‘tkazilgan qo‘shma intervyu davomida Fisoning ta’kidlashicha, shaxsiy muzokaralar qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish, shuningdek, Moskvaning qarorlariga potensial ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
«Men hoziroq har bir yevropalik siyosatchini shunga chaqiraman: "Rossiya prezidenti bilan uchrashing, u bilan gaplashing"», — deya Fisoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda REN TV.