Andijonlik advokat (endilikda sobiq) Z.0. firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan tegishli javobgarlikka tortildi.
U jami 14 nafar fuqarodan yaqinlarini qamoqdan chiqarib berish va oqlash kabi harakatlarni amalga oshira olishiga ishontirib, 3 milliondan 33 million so‘mgacha, jami 195 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgani aytiladi.
Hukm qonuniy kuchga kirgach, ijroga qaratildi. Ijro harakatlari davomida sobiq advokat tomonidan fuqarolarga yetkazilgan zarar pullari tegishli hisob raqamlarga o‘tkazib berilishi ta’minlandi, deya xabar bermoqda MIBdagi manbamiz.
Bundan ko‘rinadiki, tergov paytidayoq yetkazilgan zararlar undirilgan, biroq bu uning lisenziyasi darhol qo‘liga tutqazilib, advokatlik faoliyatini kelgan joyidan davom ettirishi mumkinligini anglatmaydi.