Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Firibgarlik uchun qanday jazo bor?

Firibgarlik uchun qanday jazo bor?

Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkga bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishdir.

🔰 Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:

▫️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

📌 Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin.

🔰 Firibgarlik kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:

▫️BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (30 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🔰 Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:

▫️ BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (90 mln so‘mdan 120 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🔰 Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa:

▫️BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln so‘mdan 180 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Kiritildi: 16:01 05.12.2022. O'qildi: 3235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!