Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda

Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda

Rossiya IIV Axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashishni tashkil etish boshqarmasi firibgarlar Telegram foydalanuvchilariga fotosurat niqobi ostida virus yuborishni boshlagani haqida ogohlantirdi.

Qayd qilinishicha, firibgarlar «Foto» sarlavhasi bilan APK faylini shaxsiy xabar sifatida yubormoqda.

APK – Android operasion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun ilovalarni o‘rnatish fayli formati. Agentlik Telegram kanalida yozishmalarning skrinshotini e’lon qildi, unda suhbatdosh «Foto» deb nomlangan ikkita APK fayli va «Salom, bu suratdagi sizmisiz?» degan savolni yuborgan.

«Fotosuratda APK kengaytmasi bo‘lishi mumkin emas. Agar siz bunday xabarni olsangiz, hech qanday holatda faylni yuklamang! Bu zararli ilova bo‘lishi mumkin», - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:01 21.10.2024. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!