Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Nukus shahar bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tadbirkorning pulini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi.
Fuqaro R.K. oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkor B.E. ga o‘zini Chimboy tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi rahbari sifatida tanishtirgan. Uning faoliyatini huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi xodimlari tomonidan tekshirish olib borilmasligi evaziga 13 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.