Bugun 22 may, 2022 yil, yakshanba

КИР

Firdavs Abduxoliqovning noqonuniy harakatlari fosh bo‘ldi. Ish Bosh prokuraturaga oshirildi

Firdavs Abduxoliqovning noqonuniy harakatlari fosh bo‘ldi. Ish Bosh prokuraturaga oshirildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan Kun.uz axborot nashrida “Sabriya” mashmashasi: serialdagi behayo sahna mavzusi Firdavs Abduxaliqov shaxsiga ulanib ketdi” sarlavha ostida tarqalgan maqola yuzasidan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi va affillanganlik holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi holatlari aniqlandi.

Xususan, Kinematografiya agentligi direktori va bir vaqtning o‘zida subsidiya mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega Badiiy kengash raisi – F.Abduxalikov subsidiya mablag‘larining taqsimlanishi va kontragentni tanlash jarayonida yaqin qarindoshlari benefisiar bo‘lgan (ta’sischilari: Sharapova F.S. - F.Abduxalikovning turmush o‘rtog‘i 70%, Rashidova A.F. - F.Abduxalikovning qizi 20%, Abduxalikov A.F. - F.Abduxalikovning o‘g‘li - 10%) “Master Media Production and Broadcast” MCHJ bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lsa-da, bu holatni bartaraf qilish choralarini ko‘rmasdan, mazkur jamiyat manfaatlarini yoqlab ovoz berishda va qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan. Masalan, 2021 yilning o‘zida Kinematografiya agentligi tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida “Sevimli” telekanali (“Master Media Production and Broadcast” MCHJ) ishtirokida “Orzular palatasi” va “Tuzoq” seriallari suratga olingan.

Jumladan, 2021 yilning 22 fevral kuni Kinematografiya agentligi, “Master Media Production and Broadcast” MCHJ hamda "MY-FILMS" MCHJ o‘rtasida “Orzular palatasi” milliy serialini suratga olish maqsadida qiymati 3,0 mlrd.so‘mlik shartnoma imzolanib, Kinematografiya agentligi tomonidan 1,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari “MY-FILMS" MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari, Kinematografiya agentligi hamda “Master Media Production and Broadcast” MCHJ o‘rtasida “Tuzoq” milliy serialini suratga olish uchun 2021 yilning 18 may kuni jami qiymati 1,8 mlrd.so‘mlik ikki tomonlama shartnoma (dxarid.uz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali) imzolangan va 1,8 mlrd so‘m pul mablag‘lari jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Shunga ko‘ra, mazkur holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxalikov yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi MCHJning manfaatlarini ko‘zlab, davlat byudjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati

Kiritildi: 17:23 24.01.2022. O'qildi: 4678 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!