Bugun 18 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Finlyandiya prezident: "Evropa davlatlari Rossiya bilan bevosita muzokaralar olib borishga majbur bo‘ladi"

Finlyandiya prezident: "Evropa davlatlari Rossiya bilan bevosita muzokaralar olib borishga majbur bo‘ladi"

Evropa davlatlari ertami kechmi Rossiya bilan bevosita muzokaralar olib borishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 18 noyabr kuni bayonot berdi.

Politico nashriga bergan intervyusida Finlyandiya rahbaridan Yevropa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishga urinib ko‘rishi kerakmi, degan savol berildi.

"To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar vaqti kelganda va u ertami-kechmi keladi, uni muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi", dedi Stubb.

Avvalroq, 12 noyabr kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Rossiya muzokaralar olib borishga tayyorligini, biroq Ukraina muloqotdan bosh tortayotganini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:32. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!