Finlyandiya Ukrainaga yana 190 million yevro miqdoridagi harbiy yordam paketini yetkazib berdi.
Bu haqda Finlyandiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Bu Finlyandiyadan Ukrainaga harbiy texnikaning 16- yetkazib berilishi... Finlyandiya uchun ushbu partiyaga kiritilgan uskunalarning taxminiy qiymati 190 million yevroni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.
Yordam paketiga, jumladan, zenit qurollari va o‘q-dorilar kiradi.