Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Finlyandiya bosh vaziri: Mamlakat hududiga Ukraina uchuvchisiz qurilmalari qulagan bo‘lishi mumkin

Finlyandiya bosh vaziri: Mamlakat hududiga Ukraina uchuvchisiz qurilmalari qulagan bo‘lishi mumkin

Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo mamlakat hududiga, ehtimol, Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchish apparatlari (BPLA) qulaganini ma’lum qildi.

«Bu hududiy yaxlitlikning buzilishi — juda jiddiy masala. Ehtimol, bu Ukraina dronlaridir», — deya siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Yle" nashri.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, Finlyandiya armiyasi dronlarni urib tushirmagan — ular o‘z-o‘zidan qulagan. Ushbu hodisa munosabati bilan prezident va vazirlar mahkamasining yig‘ilishini chaqirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:37. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!