Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Finlandiyada itlar koronavirusni aniqlashda yaxshi yordam bermoqda

Finlandiyada itlar koronavirusni aniqlashda yaxshi yordam bermoqda

Finlandiyaning Xelsinki aeroportida yo‘lovchilarning koronavirusga chalinganini tezkor va og‘riqsiz aniqlashda itlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Tadqiqotchilarning so‘ziga ko‘ra, sinov tarzida o‘tkazilayotgan ushbu amaliyotning dastlabki natijalari yaxshi samarani ko‘rsatdi.

Mina, Kossi va Et laqabli uchta it Xelsinki aeroportida maxsus xona tashkillanganidan beri 2200 nafar yo‘lovchidan olingan test namunalarini hidlab ko‘rishgan bo‘lib, ularning 0.6 foizida virus borligi aniqlangan. Ushbu tadqiqot dekabrda yakunlanishiga qaramay olimlar jamoasi itlar aniqlagan test javoblari burundan olinadigan PCR testi bilan bir xil ekanini aytishmoqda.

“Biz aeroportda 16-17 mingta PCR testini o‘tkazdik va ularning 1 foizdan kamrog‘i musbat natijani ko‘rsatdi. Buni itlar orqali aniqlangan bemorlar soni bilan solishtirganda deyarli bir xil natija kelib chiqmoqda. Men PCR testi va itlar orqali aniqlangan bemorlar soni orasida hech qanday farq yo‘q deb o‘ylayman” deydi tadqiqotchilardan biri Timo Aronkito.

Ayni paytda tadqiqotchilar itlar orqali topilgan bemorlar bilan PCR orqali aniqlangan bemorlar soni qanchalik bir-biriga to‘g‘ri kelishini tahlil qilishmoqda. Ular ushbu tadqiqot natijalarini shu yilning oxirigacha ommaga e’lon qilishmoqchi.

Shu yilning boshida koronavirus avj olgan paytlardagi dastlabki sinovlar itlarning virusni topishdagi natijalari deyarli 100 foizga to‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatgandi. Bu PCR testidan ancha tezkor uslubdir. Chunki, PCR testining javobi ma’lum bo‘lguncha besh kungacha vaqt ketishi mumkin.

Kiritildi: 19:15 29.10.2020. O'qildi: 1522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!