Fransiyadagi o‘ng qanot “Patriotlar” partiyasi rahbari Florian Filippo prezident Emmanuel Makron va birinchi xonim Brijit Makron o‘rtasida yuzaga kelgan holatni masxara qildi.
Hodisa Hindistonda prezident samolyoti qo‘ngan paytda sodir bo‘lgan. Samolyot eshigi ochilishi bilan Makron kutilmaganda salonga kirib ketgan va rafiqasini paparassilar qarshisida yolg‘iz qoldirgan.
Filippo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu holatga izoh berib: “U yerda aniq nima bo‘ldi?!” deb yozdi.