Filippinda sodir bo‘lgan navbatdagi zilzila kuchi avvaliga 6,9 magnituda darajasida baholangan edi. Keyinroq Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma’lumotida 7,0 magnituda ko‘rsatildi.
Er osti silkinishi juma kuni ertalab qayd qilindi. Tabiiy hodisa o‘chog‘i General-Santos shahridan 57 kilometr janubi-sharqda ekan.
Hozircha vayronagarchilik yoki qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.