Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Filippinda 140 kishining umriga zomin bo‘lgan to‘fon Vyetnamga yetib keldi

Filippinda 140 kishining umriga zomin bo‘lgan to‘fon Vyetnamga yetib keldi

Filippinda avvalroq 140 kishining hayotiga zomin bo‘lgan "Kalmaegi" to‘foni payshanba kuni Vyetnamga yetib keldi.

VnExpress portali xabar berishicha, to‘fon, xususan, Zyalay va Daklak provinsiyalariga ta’sir qilgan.

Shamolning maksimal tezligi soatiga 149 km ga yetdi. Vyetnam hukumati mamlakatning markaziy qismida 530 mingdan ortiq odamni evakuasiya qildi. Kuchli shamol daraxtlarni ag‘darib yubordi va ko‘plab binolarning tomlarini uchirib ketdi. Zyalay provinsiyasida 200 mingga yaqin mijoz elektrsiz qolgan.

Vyetnam qidiruv-qutqaruv operasiyalari uchun 260 mingdan ortiq harbiy xizmatchini joylashtirdi.

Bundan tashqari, hukumat oltita aeroportni yopishga qaror qildi. Yuzlab reyslar zarar ko‘rishi kutilmoqda.

Mahalliy meteorologiya xizmatlari yaqin soatlarda yetti shahar va viloyatda suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfidan ogohlantirmoqda.

Kiritildi: 08:15 07.11.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!