Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga yangi Mersedes sovg‘a qildi

FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga yangi Mersedes sovg‘a qildi
FIFA O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga yangi Mersedes avtobusini sovg‘a qildi va ushbu avtobus O‘zbekistonga yetib keldi, deb xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.
Ushbu sovg‘a FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan bo‘lgan uchrashuv natijasida va’da berilgan edi.
Mercedes Travego M rusumidagi ushbu avtobus 46 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 483 ot kuchiga ega. Avtobus barcha qulayliklarga ega bo‘lib, zamonaviy xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan.
Yangi avtobus O‘FA logotiplari va milliy ramzlar bilan bezatiladi hamda bundan buyon yig‘in va uchrashuvlar davomida milliy terma jamoamiz futbolchilari uchun xizmat qiladi.

Manba: sputnik.uz
Kiritildi: 10:39 20.08.2018. O'qildi: 1141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!