FIFA prezidenti Janni Infantino Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga murojaat qildi.
"Sizning futbol o‘ynayotganingizni tomosha qilish har doim ushbu sport turining eng katta imtiyozlaridan biri bo‘lib kelgan, aziz Lionel Messi. Maydonda siz imkonsizni mumkin qilasiz va butun dunyoni sizning iste’dodingizga qoyil qolish bilan birlashtirasiz. Sizga iliq quchoq yo‘llayman. Futbolni Yer sayyorasidagi eng sevimli sport turiga aylantirish uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Sizga tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman va ushbu Jahon chempionatining so‘nggi guruh bosqichi o‘yinlaridan birida muvaffaqiyatlar tilayman, u yerda siz to‘rt yil oldin Qatarda qo‘lga kiritgan chempionlikni milliy terma jamoangiz bilan himoya qilasiz. Siz futbolga bo‘lgan ishtiyoqingizni dunyo bo‘ylab millionlab odamlar bilan boshqalarga o‘xshamagan holda baham ko‘rishda davom etasiz", deb yozdi Infantino ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Lionel Messi 24 iyunda 39 yoshga to‘ldi. 2026 yilgi Jahon chempionatida hujumchi beshta gol urdi. U Jazoirga qarshi o‘yinda (3:0) xet-trik va Avstriyaga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etdi.