Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga kelmoqda

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga kelmoqda

FIFA rahbari Janni Infantino O‘zbekistonga kelib, milliy jamoalar futbol markazi faoliyati bilan tanishadi va CAFA Nations Cup finalini jonli tomosha qiladi.

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda mamlakat futbol federasiyasi — O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Tashrif doirasida Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boradi.

Shuningdek, u mamlakat futbol infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan Milliy terma jamoalar futbol markazi faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Ushbu markazda bolalar, o‘smirlar, ayollar va milliy jamoalar uchun zamonaviy mashg‘ulot va tibbiy-ilmiy shart-sharoitlar yaratilgan. Ushbu markaz jumladan FIFA tomonidan ajratilgan mablag‘lar evaziga bunyod etilgan.

Bundan tashqari, FIFA prezidenti 8 sentyabr, seshanba kuni Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida bo‘lib o‘tadigan CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining final uchrashuvini jonli tomosha qiladi. Finalda O‘zbekiston milliy jamoasi Eronga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Mazkur tashrif FIFA bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kiritildi: 18:22 06.09.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!