Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA Infantinoni yolg‘onchilikda aybladi

FIFA Infantinoni yolg‘onchilikda aybladi

FIFA Marokashga Ispaniya o‘rniga keyingi Jahon chempionati finalini o‘tkazish imkoniyatini taklif qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino FIFA saylovlarida uning nomzodini qo‘llab-quvvatlash evaziga Marokash Qirollik Futbol Federasiyasiga 2030 yilgi Jahon chempionati finalini o‘tkazishga va’da bergani haqida xabar berilgan edi.

"FIFA prezidenti 2030 yilgi Jahon chempionati finalini tashkil etish bo‘yicha biron bir va’da bergani haqidagi da’vo yolg‘on va chalg‘ituvchidir.

FIFA o‘z vaqtida qaror qabul qiladi", deb ta’kidladi tashkilot.

Kiritildi: 10:30 06.08.2026. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!