Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

FIDE Grand Swiss. Abdusattorov musobaqani top-10da yakunladi

FIDE Grand Swiss. Abdusattorov musobaqani top-10da yakunladi

Samarqandda o‘tkazilgan FIDE Grand Swiss va FIDE Women Grand Swiss musobaqalari yakuniga yetdi.

Nodirbek Abdusattorov 11-turda AQShlik Avonder Liang bilan durang o‘ynadi va turnirni 10-o‘rinda yakunladi (7 ball).

Nodirbek Yoqubboyev esa so‘nggi turdi sloveniyalik Vladimir Fedoseevni mag‘lub etishga erishdi hamda musobaqada 14-o‘rinni band etdi (7 ball).

Javohir Sindarov 11-turda armanistonlik Shant Sargsyan bilan durang o‘ynadi hamda 24-pog‘onani egalladi (6,5 ball). Shamsiddin Vohidov musobaqada 50-pog‘onani band etdi.

Erkaklar musobaqasida Anish Giri (Niderlandiya) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa (8 ochko), Mattias Blyubaum (Germaniya) 7,5 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etdi. Ular kelasi yili o‘tkaziladigan jahon shaxmat toji uchun da’vogarlar musobaqasiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Aliriza Firuzja (Fransiya) va Vinsent Keymer (Germaniya) 7,5 ball bilan kuchli to‘rtlikka kirishdi.

FIDE Grand Swiss. Abdusattorov musobaqani top-10da yakunladi

Qizlar o‘rtasida turnirda o‘zbekistonlik qizlar o‘rtasida Afruza Hamdamova eng yuqori o‘rinni egalladi — 29-o‘rin (5,5 ball). 5 ochko to‘plagan Umida Omonova va Gulruhbegim Tohirjonova 35 va 38-o‘rinlarni band etishdi.

Qizlar turnirida hindistonlik Vayshali Rameshbabu g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, rossiyalik Katerina Lagno 2-o‘rin bilan da’vogarlar musobaqasiga yo‘l oldi. Uchinchi o‘rin esa qozog‘istonlik Bibisara Assaubayevaga nasib etdi.

Kiritildi: 22:50 15.09.2025. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!