Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Feodosiyadagi neft omborida yana bir tank portladi

Feodosiyadagi neft omborida yana bir tank portladi

Feodosiyadagi neft omborida yana bir tank portladi. Neft omborida Ukraina dronlari zarbasi oqibatida chiqqan yong‘in to‘rt sutkadan buyon davom etmoqda.

Qrim hududidagi Feodosiya neft omboridagi yong‘in 4 sutkadan buyon davom etmoqda. Xabar qilinishicha, kecha tunda neft omborida yana bir tank portlagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kuchli portlash vaqtida olingan video va fotosuratlarini tarqatmoqda.

Rossiya tomonidan tayinlangan Qrim rahbari Sergey Aksenov Feodosiyada “yong‘in tufayli terminallardan birida yonuvchi materiallar ajralib chiqqanini” ma’lum qildi.

Shuningdek, u neft ombori “ixtisoslashtirilgan xizmatlar xodimlari bilan o‘ralgani va evakuasiya zonasi kengaymasligini” qo‘shimcha qildi.

Rossiya rasmiylari bir kun avval neft ombori atrofidagi hududdan 1137 kishi evakuasiya qilingani haqida xabar bergan edi.

Feodosiyadagi dengiz neft terminaliga Ukraina dronlari 7 oktyabrga o‘tar kechasi urilgan. Terminalda turli o‘lchamdagi 30 dan ortiq tanklar mavjud edi.

Kiritildi: 10:40 11.10.2024. O'qildi: 1441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!