Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Favqulodda vaziyatlar vazirligi soxta "pojarniy" xodimlaridan ogohlantirdi

A A A
Favqulodda vaziyatlar vazirligi soxta "pojarniy" xodimlaridan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda, asosan kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan hududlarda maxsus kiyim-boshdagi shaxslar o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organi (“pojarniy”) xodimi” sifatida tanishtirib, fuqarolardan “yillik to‘lov” qabilida turli miqdordagi pul mablag‘larini majburiy tarzda noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan vazirlik yuqorida aytib o‘tilgan shaxslarning FVV faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, shuningdek, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq tadbirlar uchun vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday pul yig‘imlari, boshqa turdagi to‘lovlar undirilmasligini bildirdi.

"Agar, xizmat ko‘rsatmasdan, siz yoki oila a’zolaringizni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan biror ishlarni bajarmasdan, sizdan majburiy tartibda to‘lov talab qilinsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishingiz mumkin, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:15 30.11.2023. O'qildi: 2742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!