Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Fatvo: masjidlarda namozlar o‘qish davom etadi. Faqat Juma namozi vaqtincha o‘qilmaydi

Fatvo: masjidlarda namozlar o‘qish davom etadi. Faqat Juma namozi vaqtincha o‘qilmaydi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvosiga ko‘ra, boshqa namozlar barcha karantin talablariga rioya qilgan, ya’ni niqob taqqan va oraliq masofani saqlagan holda, masjidlarning ochiq sahnlarida ado etiladi. Masjidlarda qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishish qat’iyan taqiqlanadi.

Faqat yuqoridagi sabablarga ko‘ra xuddi Hayit namozi kabi Juma namozlari ham vaqtincha o‘qilmaydi.

Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida, xonadonlarda o‘qiladi. Marhumlarning haqlariga qilinadigan duoi fotihalarni qat’iy ravishda yurtdoshlarimiz o‘z xonadonlarida, oila davrasida bajarsinlar, fotihagarchiliklarga borishdan hamda o‘tganlarning qabrlarini ziyorat qilishdan saqlanib tursinlar.

Kiritildi: 08:57 17.07.2021. O'qildi: 3316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!